Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Toshkentda zamonaviy oʻq otish oʻquv-mashgʻulotlar bazasi ochildi

© Press-slujba Ministerstva sportaStrelkovыy klub v sportkomplekse pri Ministerstve oboronы
Strelkovыy klub v sportkomplekse pri Ministerstve oboronы  - Sputnik Oʻzbekiston
Vazirlik xabariga koʻra, ayni paytda mamlakatda oʻq otish sporti bilan 3700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz muntazam shugʻullanib kelmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlardir.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Toshkent shahrida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi sport markazining zamonaviy oʻq otish oʻquv-mashgʻulotlar bazasining ochilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

© Press-slujba Ministerstva sportaRavshan Irmatov na otkrыtii strelkovoy trenirovochnoy bazы
Toshkentda zamonaviy oʻq otish oʻquv-mashgʻulotlar bazasi ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
Ravshan Irmatov na otkrыtii strelkovoy trenirovochnoy bazы

Tantanali tadbirda Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Mudofaa vazirligi sport markazining nomdor sportchilari, Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi vakillari hamda sport faxriylari ishtirok etishdi.

Studentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sport faoliyati bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati 3 yil etib belgilandi

Tadbirda soʻzga chiqqan Ravshan Ermatov sportchi uchun eng avvalo sport infratuzilmasi hamda zamonaviy sport inventarlari, qolaversa malakali trenerlar kerakligini taʼkidlab, bu borada bugun foydalanishga topshirilgan oʻq otish sporti oʻquv-mashgʻulotlar bazasida yaratilgan sharoitlar va mavjud oʻq otish qurollari xalqaro talablarga javob berishi, murabbiylarning salohiyati yuqori ekanligi tez orada ushbu sport turi rivojida oʻz samaralarini berishini aytib oʻtdi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz tomonidan barcha yordamni berishga tayyorligini ham bildirdi.

Vazirlik xabariga koʻra, ayni paytda mamlakatda oʻq otish sporti bilan 3700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz muntazam shugʻullanib kelmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlardir.

Ularga 136 nafar trener oʻq otish sporti sir-asrorlarini oʻrgatib kelayotgan boʻlsa, Oʻzbekistonda mavjud TIRlar 122 tani tashkil qiladi.

Mamlakat terma jamoasi tarkibiga oʻq otish sportidan 48 nafar sportchi taklif etilayotgan boʻlsa, shundan 10 nafari Mudofaa vazirligi sport markazi aʼzolari sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala