Dunyoda

Turkiya mashhur pravoslav cherkovini masjidga aylantiradi

© AP Photo / Pool DiyanetMusulmane v meditsinskix maskax vo vremya molitvы v sobore Svyatoy Sofii v Stambule, nedavno vnov stavshem mechetyu
Musulmane v meditsinskix maskax vo vremya molitvы v sobore Svyatoy Sofii v Stambule, nedavno vnov stavshem mechetyu - Sputnik Oʻzbekiston
Inshoot 1511 yilda Kaxriye masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallangach, Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Turkiya hukumati Istanbuldagi mashhur Avliyo Xaloskor Cherkovi joylashgan Xora monastirini masjidga aylantirishga qaror qildi. Bu haqdagi qaror juma kuni ertalab hukumat gazetasida eʼlon qilingan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Prezident Turetskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mutlaqo qiziqmas. Erdogʻan Ayya Sofiya taqdiri uchun qaygʻurayotganlarga javob qaytardi

Xabarda aytilishicha, 74 yil oldin muzeyga aylantirilgan monastir Istanbulning Fotix tumanida joylashgan.

U eramizga qadar 534 yilda, yaʼni oltinchi asrda bunyod etilgan va Istanbulning eng koʻxna tarixiy obidalaridan biri sanaladi.

Inshoot 1511 yilda Kaxriye masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallanganidan keyin Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

Xora monastiri 434 yil davomida masjid sifatida foydalanilgan va vazirlik qarori bilan 1945 yilda muzeyga aylantirilgan.

Sobor Svyatoy Sofii v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdogʻan Ayya-Sofiya haqida 9 ta tilda kuylangan qoʻshiq klipini Twitter’da joylashtirdi

Turkiya oliy maʼmuriy sudi - Davlat kengashi - 1945 yildagi masjidni muzeyga aylantirish haqidagi vazirlik qarori noqonuniy boʻlgan, deb hisoblab, uni 2019 yilda masjidga aylantirishga qaror qilgan. Davlat kengashi qarori, to bugunga qadar, yaʼni prezident farmoni eʼlon qilinmagunicha ijro etilmagan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida butun jahonga mashhur, YUNESKO Butunjahon merosiga kiruvchi Ayyo Sofiya cherkovi masjidga aylantirilgan edi.

Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayyo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni soʻradi >>>

24 iyul kuni Ayya-Sofiyada ilk namoz ado etildi.

Sobor Svyatoy Sofii v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni soʻradi

Avliyo Sofiya cherkovi - Ayyo Sofiya vizantiyalik nasroniy-imperator Yustinian I tomonidan asos solingan va 537 yilning 27 dekabrida ochilgan. Sobor ming yilga yaqin nasroniylar olamidagi eng katta xram maqomini saqlab kelgan. Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning zabt etilishi va Vizantiya imperiyasining qulashi oqibatida 1453 yilda sobor masjidga aylantirilgan, ammo 1934 yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Kamol Otaturkning dekreti bilan bino muzeyga aylantirilgan va YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala