Iqtisod

Oʻzbekiston temir yoʻllari Rossiya va Qozogʻistonlik raqobatchilaridan xavotirda - mutaxassis

Rossiyalik mutaxassis Aleksey Bezborodov, Oʻzbekistonda temir yoʻl transportini rivojlantirish yoʻlida nima toʻsqinlik qilishi mumkinligini aytib berdi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Qozogʻiston va Rossiya temir yoʻllarining faol taʼsiridan juda xavotirda, deydi Aleksey Bezborodov, "Infra Proyektы" MCHJ loyihaviy kompaniyasining boshqaruvchi hamkori.

Oʻzbekistonda idoralarga temir yoʻl transporti sohasida xususiy kompaniyalarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi, bu sogʻlom raqobat va tarif siyosatining shaffofligini oshirishi kerak, deydi ekspert.

"Ular Rossiya va Qozogʻiston operatorlarisiz ish bitmasligi tushunishadi, lekin shu bilan birga ular raqobatdan xavotirda", - deya taʼkidladi mutaxassis Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonga zamonaviy konteyner tashish usullarini oʻzlashtirish zarur - mamlakatda ularning rivojlanishi hanuz boshlangʻich darajada. Bunday texnologiyalarni soni cheklangan mamlakatlardangina olish mumkin.

"Dunyo boʻylab temir yoʻl transporti sohasida ilgʻor mamlakatlar juda oz: Rossiya, Germaniya, AQSH va Xitoy, bulardan boshqa aslida yoʻq ham. Demak, oʻzbekistonliklarda oshiqcha tanlash imkoniyatlari yoʻq", - deydi mutaxassis.

Bezborodovning taʼkidlashicha, rivojlanish boshlangʻich bosqichda boʻlgan bir paytda, kelajakda uning rivojlanishini prognoz qilish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala