O‘zbekiston temir yo‘llari Rossiya va Qozog‘istonlik raqobatchilaridan xavotirda - mutaxassis

Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassis Aleksey Bezborodov, O‘zbekistonda temir yo‘l transportini rivojlantirish yo‘lida nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini aytib berdi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekiston hukumati Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘llarining faol ta’siridan juda xavotirda, deydi Aleksey Bezborodov, "Infra Proyekti" MChJ loyihaviy kompaniyasining boshqaruvchi hamkori.

O‘zbekistonda idoralarga temir yo‘l transporti sohasida xususiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi, bu sog‘lom raqobat va tarif siyosatining shaffofligini oshirishi kerak, deydi ekspert.

"Ular Rossiya va Qozog‘iston operatorlarisiz ish bitmasligi tushunishadi, lekin shu bilan birga ular raqobatdan xavotirda", - deya ta’kidladi mutaxassis Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonga zamonaviy konteyner tashish usullarini o‘zlashtirish zarur - mamlakatda ularning rivojlanishi hanuz boshlang‘ich darajada. Bunday texnologiyalarni soni cheklangan mamlakatlardangina olish mumkin.

"Dunyo bo‘ylab temir yo‘l transporti sohasida ilg‘or mamlakatlar juda oz: Rossiya, Germaniya, AQSh va Xitoy, bulardan boshqa aslida yo‘q ham. Demak, o‘zbekistonliklarda oshiqcha tanlash imkoniyatlari yo‘q", - deydi mutaxassis.

Bezborodovning ta’kidlashicha, rivojlanish boshlang‘ich bosqichda bo‘lgan bir paytda, kelajakda uning rivojlanishini prognoz qilish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0