Bolalar ombudsmani O‘rtasaroy karantin zonasidagi sharoitlarni o‘rgandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga karantin zonada 108 ming 696  nafardan ziyod fuqaro belgilangan karantin muddatini o‘tagan. Shundan 4 ming 805 nafar voyaga yetmagan bolalardir.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Bola huquqlari bo‘yicha vakil - ombudsman Aliya Yunusova karantin sharoitida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarning yashash sharoiti, ovqatlanishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi kabi JSST tavsiyalari nechog‘lik bajarilayotganini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan O‘rtasaroy karantin hududiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Press-slujba destkogo ombudsmenaDetskiy Ombudsmen Aliya Yunusova monitorit soblyudenie prav detey v karantinnix zonax
Bolalar ombudsmani O‘rtasaroy karantin zonasidagi sharoitlarni o‘rgandi - Sputnik O‘zbekiston
Detskiy Ombudsmen Aliya Yunusova monitorit soblyudenie prav detey v karantinnix zonax

Tashrif chog‘ida Yunusova dastavval karantin hududida ishlaydigan mas’ul xodimlar bilan uchrashuv bo‘ldi. Shuningdek, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning murojaatlari bilan shug‘ullanuvchi "Call center" faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar va ovqatlanish shart-sharoitlari bilan tanishdi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda

Fuqarolik obyekti hisoblanadigan ushbu karantin hududi Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining doimiy e’tibori va ta’minotida hisoblanadi. Bugungi kunga qadar bu yerda 108 ming 696  nafardan ziyod fuqaro belgilangan karantin muddatini o‘tagan. Shundan 4 ming 805 nafar voyaga yetmagan bolalardir. 20-avgust holatiga ko‘ra karantinda 342 ta voyaga yetmagan bolalar hamda 329 nafar xomilador ayollar saqlanmoqda.

© Press-slujba Upolnomochennogo po pravam deteyUpolnomochenniy po pravam detey Aliya Yunusova monitorit soblyudenie prav cheloveka v karantinnix zonax
Bolalar ombudsmani O‘rtasaroy karantin zonasidagi sharoitlarni o‘rgandi - Sputnik O‘zbekiston
Upolnomochenniy po pravam detey Aliya Yunusova monitorit soblyudenie prav cheloveka v karantinnix zonax

Shuni aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonning karantin hududlarini mavjud holatlardan kelib chiqqan holda yashil, sariq va qizil rangli hududlarga ajratish borasidagi tajribasi noyobligi va samaradorligi bilan ajralib turadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil ushbu hududdagi obyektlarni ko‘zdan kechirib, voyaga yetmagan bolalar, homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni alohida ta’kidladi.

Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Karantin hududida fuqarolardan koronavirusga test olish va test javoblarini qisqa muddatda aniqlash uchun zamonaviy laboratoriya markazi tashkil etilgan. Ushbu laboratoriyada test javoblari bir kunlik muddatda chiqishi bu fuqarolarning ortiqcha ushlab qolinishini oldini oladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil qizil hududda bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar va homilador ayollar bilan telefon orqali muloqat qildi. Ularning yashash sharoitlari, mavjud mummolar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Karantin hududi ma’muriyati bilan xamkorlikda bola huquqlarini ta’minlash, ularda yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0