Jamiyat

Buxoro viloyati hokimi koronavirusdan vafot etdi

© UzAKarim Kamalov
Karim Kamalov - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Kamalov vafot etgani haqida gap-soʻzlar tarqalgan, ammo 17 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati ushbu xabarlar haqiqatga mos emasligi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamalov 66 yoshida olamdan oʻtdi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Uchastniki vыstavki vserossiyskogo foruma Zdorovye natsii — osnova protsvetaniya Rossii  vo vremya demonstratsii zaщitnыx kostyumov v Moskve  - Sputnik Oʻzbekiston
COVID-19: Oʻzbekistonda 90%ga yaqin bemorlar sogʻaydi, BSST pandemiya qachon tugashini aytdi

"Bugun, davlat va jamoat arbobi, Buxoro viloyati hokimi v.b. Kamalov Karim Djamalovich 66 yoshida vafot etdi", - deyilgan xabarda.

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Kamalov vafot etgani haqida gap-soʻzlar tarqalgan, ammo 17 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati ushbu xabarlar haqiqatga mos emasligi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

Eslatib oʻtamiz, 30 iyul kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamalovda ham yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi aniqlangani, u hozirda Toshkentda davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Karim Kamalov 1954 yilda tavallud topgan, Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. "Doʻstlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi.

Kamalov 2017 yildan 2020 yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, fevral oyidan esa Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan Oʻktam Barnoyev oʻrniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala