Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Qirgʻiziston jurnalist Bobomurod Abdullayevni Oʻzbekistonga topshirdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi soʻroviga binoan qoʻlga olingan. U "Oʻzbekiston manfaatlariga qarshi ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda" ayblanmoqda.

TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Bugun, 22 avgust kuni, oʻzbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayevni Oʻzbekistonga topshirdi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Posolstvo SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Bobomurod Abdullayev ishida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarga chora koʻrishga undadi

Abdullayev jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullangan. U sal oldin Oʻzbekiston tomoni soʻroviga asosan hibsga olingan edi. Jurnalist mamlakat manfaatlariga qarshi ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

10 avgust kuni Bishkek Pervomaysk sudi Bobomurod Abdullayevga nisbatan MXDQ SIZOsiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllagan.

"22 avgust kuni Abdullayev Oʻzbekiston tomoniga topshirildi. Bu sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida chet el fuqarolarini topshirish jarayonini tartibga soluvchi QR qonunchiligi normalari va davlatlararo bitimlarga mos ravishda amalga oshirildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, soʻrov yuborgan tomonga Abdullayevga himoya uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi kafolatlar taqdim etilgan. Gap advokatlar yordami, qiynoqlarni qoʻllamaslik, shafqatsiz va insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan munosabat, shuningdek, zarurat tugʻilganida, tegishli tibbiy yordamni taqdim etish kafolatlari haqida bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala