ArMI – 2020 kundaligi: O‘zbekiston tankchilari Alabino poligonida

© Minoboroni UzbekistanaArmi-2020: Jerebyevka voyenno-sanitarnix slujb v poligone "Forij"
Armi-2020: Jerebyevka voyenno-sanitarnix slujb v poligone Forij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ArMI – 2020 xalqaro o‘yinlari boshlanishiga bir necha kun qoldi. Ayni damda jamolara musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni qizg‘in ketmoqda.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. ArMI – 2020 xalqaro armiya o‘yinlariga tayyoragarlik qizg‘in ketmoqda. Ayni damda O‘zbekiston tankchilari jamoasi Moskva viloyatidagi Alabino tank poligoniga yetib kelib, u yerda tanklarda amalyi mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan

"Biz musobaqada ishtirok etish uchun bizga berilgan tanklarni qabul qilib oldik va hozir harbiy texnikani va va qurol-aslahalarni meyor darajasiga keltiramiz", - deydi O‘zbekiston tankchilar jamoasi a’zosi.  

Ayni shu damlarda xalqaro musobaqaningsh O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan qismi ham jadal davom etmoqda. "Forij" tog‘ dala o‘quv poligonida Tojikiston, Falastin, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Vyetnam armiyalari harbiy tibbiyot jamoalari to‘plangan. Ular estafeta bahslarida ishtirokchilar individual mahorat va jamoaviy tarkibda g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Shuningdek, xalqaro ArMI – 2020 o‘yinlarining «Yo‘l patruli” musobaqasi ishtirokchilari - Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va O‘zbekiston jamoalari bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugu jamoalar orasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning ushbu qismi Qo‘qonda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0