TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. 23 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 38 698 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sogʻayish koʻrsatkichi
Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 34 576 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 89 foizga yetdi.
Ayni paytda 3853 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.Ulardan 259 nafari ogʻir, 116 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Oʻlim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor - Furqat tumanida yashagan 74 yoshli N.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) vafot etdi.
Oʻzbekistonda jami 269 kishi pandemiya qurboni boʻldi.