Jamiyat

Prezident Buxoro aeroportida majlis oʻtkazib Toshkentga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Buxarы provel soveщaniye s uchastiyem otvetstvennыx rukovoditeley
Prezident Shavkat Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Buxarы provel soveщaniye s uchastiyem otvetstvennыx rukovoditeley - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini eshitdi va kerakli topshiriqlarni berib Toshkentga joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Majlisda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, pandemiya iqtisodiyot tarmoqlarini tiklash masalalari koʻrib chiqildi.

Prezident posetil mogilu Karima Kamalova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi

Xususan, pandemiya davrida viloyatda xorijdan qaytib kelgan 8 ming fuqarodan 7 ming nafari ish bilan taʼminlangani qayd etildi. 

Shuningdek, 2020 yilda viloyati boʻyicha 571ta investitsion va eksport loyihalarni amalga oshirilish va bu bilan 14 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgani ham aytib oʻtildi. Yil yakuni boʻyicha eksport hajmi 184 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga Buxoro viloyat markazining oʻzida 700 ta qurilish obʼyekti barpo etilayotgani ham eʼtiborga loyiq, deyilgan xabarda. 

Yigʻilishda asosiy maqsad – Buxoroda boshlangan keng miqyosli islohotlarni jadal davom ettirish hamda ularni oʻz vaqtida va samarali bajarish borasida qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Yigʻilishdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala