Hukumat komissiyasi Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini o‘rgandi

© MIFTPravilstvennaya komissiya vo glave s Sardorom Umurzakovim v Surxondarinskoy oblasti
Pravilstvennaya komissiya vo glave s Sardorom Umurzakovim v Surxondarinskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat komissiyasi tomonidan Surxondaryo viloyatning kam rivojlangan hududlarida investitsiya va sanoat faolligining o‘sishini rag‘batlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash uchun sharoit yaratish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Vazirliklar, idoralar, mahalliy sanoat birlashmalari, tijorat banklari va hokimiyatlar rahbarlaridan iborat eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Sardor Umurzakov rahbarligidagi Hukumat komissiyasi 22-avgust kuni Surxondaryo viloyatining sanoat va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari o‘rgandi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi. 

Komissiya tomonidan amaldagi hududiy investitsiya dasturini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish obektlarini yaratishga qaratilgan va ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan loyihalar sonini ko‘paytirish maqsadida optimallashtirildi, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, viloyatning kam rivojlangan hududlarida investitsiya va sanoat faolligining o‘sishini rag‘batlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Komissiya tomonidan viloyatda 290 ta faoliyatini to‘xtatgan yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan, ishlab chiqarish hajmi kamaygan yoki to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar ro‘yxati shakllantirildi.

Rossiya i Uzbekistan podpisali Memorandum o torgovo-ekonomicheskom sotrudnichestve i promishlennoy kooperatsii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida yangi memorandum imzoladi

Ushbu korxonalarni zararsiz ishlash nuqtasiga tezlik bilan chiqarish va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ularga viloyat tuman va shahar hokimlari, sanoat birlashmalari va bank rahbarlari biriktirildi.

Komissiya tomonidan shunigshdek, “Termiz” va “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonalarida investitsiya va sanoat faoliyatining bugungi holati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mazkur zonalarning mavjud salohiyatidan foydalanish darajasining pastligi qayd etilib, yangi investitsiya takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni prezidentining 6042-sonli “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ustuvor sohalar - farmatsevtika, to‘qimachilik, charm-poyabzal va mebel sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalari belgilangan. 

Yangiliklar lentasi
0