TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Fuqarolarni 4 000 AQSH dollariga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Andijon davlat universiteti oʻqituvchisi A.X. OTM qabul jarayonlaridan foydalanib firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida O.A.ning ishonchiga kirgan. Uni universitetning "Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport" yoʻnalishiga yuqori lavozimdagi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuninigdek, Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda SH.K. ikki nafar abituriyent — D.S. va Z.A.larni Urganch Davlat universiteti, "Jismoniy tarbiya va tasviriy sanʼat" yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.