Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Gruziyada avtobus jarga qulashi oqibatida 17 kishi halok boʻldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMashina skoroy meditsinskoy pomoщi
Mashina skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Yakshanba kuni kechqurun gruziyaning Dusheti munitsipalitetidagi Shatili yoʻlida dahshatli fojia yuz berdi - ichida sayyohlari boʻlgan mikroavtobus 80 metr balandlikdan qulab tushdi.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Gruziyada ichida sayyohlari boʻlgan mikroavtobus 80 metr balandlikdan qulab tushdi - ular togʻlarga bir kunlik sayohatni uyushtirishgan edi. RIA Novosti xabariga asosan.

Yoʻl-transport  hodisasi Shatili (Mtsxeta-Mtianeti tumani) yoʻlida sodir boʻldi.

17 kishi haloq boʻlgani haqida xabar berilmoqda. Yana uch kishi tirik qolib, ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya.

Ichki ishlar vazirligining "112" tezkor yordamni operativ boshqarish markazidan maʼlum qilishlaricha, 23 avgust kuni kechqurun avtohalokat toʻgʻrisida qoʻngʻiroq kelib tushgan.

Mikroavtobus toshli qoyadan tushib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bir necha yoʻlovchi hanuz topilmadi. Qurbonlarning aniq soni haqida maʼlumot berilmagan.

Halokatga nima sabab boʻlganligi hozircha nomaʼlum. Taʼkidlanishicha, yoʻl bir kun oldin yomon ob-havo tufayli yuvilib ketgan boʻlishi mumkin.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi "Yoʻl harakati xavfsizligi yoki transportdan foydalanish qoidalarini buzish" moddasi boʻyicha surishtiruv boshladi.

Mamlakat hukumati oʻz hamdardligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala