Dunyoda

Lavrov AQShning DSNVga Xitoyni ham kiritish talablarini tanqid qildi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishIspыtaniye novoy ballisticheskoy raketы «Sarmat»
Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы «Sarmat» - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH, aslida oʻziga ham kerakli boʻlgan, Strategik qurollar haqidagi shartnomani uzaytirish uchun, Rossiyani Xitoyni ham ushbu shartnomaga jalb qilishga undamoqda, lekin biz Xitoy pozitsiyasini hurmat qilamiz va bu yoʻldan bormaymiz, dedi Lavrov.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. AQSH DSNVni saqlab qolish boʻyicha haqiqatdan yiroq shartlarni qoʻymoqda, xususan, Amerika tomoni bu shartnomaga Xitoy qoʻshilishini talab qilmoqda, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov.

17-18 avgust kunlari Vena shahrida RF va AQSH oʻrtasida strategik barqarorlik va qurollar nazorati boʻyicha navbatdagi maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov, AQSH tomonidan - AQSH prezidentining qurollarni nazorat qilish boʻyicha maxsus vakili Marshall Billingsli ishtirok etdi.

Obʼyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnыx ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

Lavrovning taʼkidlashicha, AQSH muzokaralarni qiyin olib bormoqda. RF tashqi ishlar vaziri Rossiya tomoni Strategik hujumkor qurollar shartnomasini (DSNV), hujjatda koʻzda tutilganidek, hech qanday shartlarsiz besh yilga uzaytirishni taklif qilganini aytdi.

"Oʻtgan haftada muovinim Sergey Ryabkov Vena shahrida AQShning maxsus vakili janob (Marshall - tahr.) Billingsli bilan olib borgan muzokaralarda amerikaliklar, rostini aytsam, shunchaki haqiqatdan yiroq shartlarni, shu jumladan ushbu hujjatga yoki biron bir boʻlajak hujjatga Xitoy qushilishini talab qilmoqdalar", - dedi Lavrov "Territoriya smыslov" forumi doirasida.

Shu bilan birga, Lavrov Rossiya AQSH talablarini, jumladan, Xitoyning ishtiroki masalasini ham qondirmoqchi emasligini taʼkidladi.

AQSH Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish boʻyicha yangi shart qoʻydi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish boʻyicha yangi shart qoʻydi

"(DSNV muzokaralari boʻyicha) yakuniy natija qanday boʻlishini bilmayman, lekin biz amerikaliklarga ochiqchasiga aytdik, fevralda muddati tugaydigan Strategik hujumkor qurollari shartnomasi bizga kerak, va biz uni hech qanday dastlabki shartlarsiz uzaytirish tarafdorimiz, va u bizga ham amerikaliklarga kerak boʻlganicha kerak", - dedi Lavrov.

Uning soʻzlariga koʻra, agar amerikaliklar Xitoyning ishtirokini talab qilsalar va shu bilan birga uni Rossiya ishontirishi shart boʻlsa, unda Moskva buni qilmaydi.

"Biz Xitoy pozitsiyasini hurmat qilamiz, bu shartnomaning muddati tugasa tugaversin degani", - dedi Lavrov.

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi SNV shartnomasi 2011 yil 5 fevralda kuchga kirdi. Unga koʻra, uni imzolagan davlatlar oʻzlarining yadroviy arsenallarini shu tarzda qisqartiradiki, yetti yil va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 dona qitʼalararo ballistik, suv osti kemalaridagi va ogʻir bombardimonchilaridagi ballistik raketalar, va shuningdek 1550 ta jangovar kallacha va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmagan uchiruvchi uskunalardan oshmasligi kerak.

Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы «Sarmat» - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

Shartnoma Moskva va Vashingtonga yiliga ikki marta jangovar kallachalar va tashuvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumot almashish majburiyatini yuklaydi. 2018 yil 5 fevral kuni Rossiya va AQShning SNV-3 boʻyicha nazorat koʻrsatkichlariga erishish uchun oxirgi muddat boʻlgan. Hozircha Amerika tomoni shartnomani uzaytirish boʻyicha rasmiy istak bildirgani yoʻq. Shu bilan birga, unga Xitoyni kiritish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Sputnik radiosi AQSH SNV shartnomasini uzaytirish boʻyicha shartlar qoʻyganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala