O‘zbekistonda harbiy meditsina musobaqasi g‘olibiga "Jentra" sovg‘a qilinadi

© Minoboroni RFPobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu
Pobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil tog‘ poligonining maydoniga joylashtirilib bo‘ldi, hozirda musobaqaning ochilish marosimiga yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida shu kunlarda Xalqaro armiya o‘yinlari-2020 doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi boshlanadi.

RF vazirligi habar berishicha, ushbu musobaqaning mukofoti “Jentra” rusumli yengil avtomobili bo‘ladi.

© Minoboroni RFPobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu
O‘zbekistonda harbiy meditsina musobaqasi g‘olibiga Jentra sovg‘a qilinadi - Sputnik O‘zbekiston
Pobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu

Bu yilgi musobaqada oltita mamlakat tibbiyot mutaxassislari ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Vyetnam va Falastin.

"Harbiy shifokorlar o‘z mahoratini ikki bosqichda namoyish etishlari kerak: "Shaxsiy mahorat" va "Jamoaviy birinchilik". Shuningdek, "Eng yaxshi haydovchi" tanlovi ham bo‘lib o‘tadi", - deb ta’kidlashdi Rossiya Mudofaa vazirligida.

© Minoboroni RFPobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu
O‘zbekistonda harbiy meditsina musobaqasi g‘olibiga Jentra sovg‘a qilinadi - Sputnik O‘zbekiston
Pobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu

Birinchi bosqichda ("Shaxsiy mahorat") jamoalar quyidagicha taqsimlandi: Rossiya terma jamoasi Belarus jamoasi bilan bahslashadi, Falastin harbiylari Tojikiston bilan birgalikda o‘ynashadi.

O‘zbekiston harbiylari oxirgi bo‘lib chiqishadi - ularning raqiblari Vyetnam vakillari bo‘ladi.

Barcha ishtirokchilar to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha murakkab mashqlarni bajarishlari va maxsus mashg‘ulotlarda raqobatlashishlari kerak bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich - "Jamoaviy birinchilik"da, "o‘rta va kichik tibbiy xodimlar shartli yaradorlarni jang maydonidan olib chiqishlari kerak bo‘ladi, tibbiy xodimlar tarkibi esa o‘z mahoratlari va bilimlarini simulyatsion markazda namoyish etadilar".

Dastlab Falastin va O‘zbekiston jamoalari chiqishadi. Keyin rossiyalik mutaxassislari tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda o‘z imkoniyatlarini namoyish etadilar.

Bosqich Belarus va Vyetnam harbiylari tomonidan yopiladi.

Yangiliklar lentasi
0