Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 24 avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishMoskvichi s 16 iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19
Moskvichi s 16 iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 156 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Rabota medikov s bolnыmi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi

Bir sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 156  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 296 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 35 283 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 90 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 596 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.SH. (erkak), Oʻrtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli YU.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol) vafot etdi.

Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand 1-sonli tugʻruq majmuasi bosh vrachi vafot etdi

Oʻzbekistonda jami 277 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Rospotrebnadzor xodimlari Toshkentda ish boshladi

COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida Rossiyadan Oʻzbekistonga yetti nafar mutaxassis - Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish boʻyicha Federal xizmati epidemiologlari, virusologlari va infektsionistlari tashrif buyurishdi. Rospotrebnadzor xodimlari ikki hafta davomida Sanitariya-epidemiologik farovonlik Agentligi va unga qarashli tashkilotlarda maslahat koʻmagini koʻrsatadilar.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 23,4 milliondan oshdi, 809 ming kishi vafot etdi, 15,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,7 mln), Braziliyada (3,6 mln), Hindistonda (3,1 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala