Rossiya yana 7ta mamlakat bilan parvozlarni tiklamoqchi – ro‘yxat

© AFP 2023 / Ozan KoseTuristki u basseyna roskoshnogo otelya v Antalye, Tursiya
Turistki u basseyna roskoshnogo otelya v Antalye, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda RF Buyuk Britaniya, Turkiya, Shveysariya va Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Shuningdek Abxaziya bilan ham chegara ochildi.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Rossiya hukumati yaqin kelajakda boshqa bir qator davlatlar bilan parvozlarni qayta tiklash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Gap rossiyalik sayyohlar orasida ommaviy bo‘lgan Fransiya, Vengriya, Malta, Kipr, Iordaniya, Misr (faqat Qohira) va Xitoyga (faqat Shanxay) reyslarning tiklanishi haqida ketmoqda.

Rosaviatsiya va Rospotrebnadzorga ushbu davlatlar bilan havo qatnovini tiklash yo‘llarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror ertaga, 25-avgustda qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Rossiya hukumati 27-martdan boshlab, COVID-19 pandemiyasi tufayli chet elga muntazam va charter reyslarini to‘xtatdi. Faqatgina olib ketish, yuk, pochta, sanitariya va boshqa maxsus reyslar amalga oshirildi.

Yozning oxirida Rossiya asta-sekin o‘z chegaralarini ochishni boshladi.

1 avgustdan boshlab RF Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan havo qatnovini tikladi. Abxaziya bilan chegarani o‘tishdagi cheklovlar ham olib tashlandi.

15 avgust kuni Shveysariya bilan parvozlar tiklandi.

Bundan tashqari, rossiyaliklar uchun Qirg‘iziston va Chernogoriya hududiga kirish ochiq, yaqin orada esa Polsha ham mamlakat fuqarolariga kirishga ruxsat berishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0