Tramp koronavirus epidemiyasi vaksinaga zaruriyat tug‘ilmay o‘tib ketishiga ishonchi komil

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPress-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt
Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldinroq mutaxassislar AQSh prezidentining koronavirus "o‘zidan-o‘zi asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin" degan gaplarini bir necha bor rad etishgan edi.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp, AQSh vaksina paydo bo‘lishi-bo‘lmasligidan qat’iy nazar, koronavirusdan xalos bo‘lish mumkinligiga ishonadi.

Avvalroq, Oq uyning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari AQSh prezidentining koronavirus "o‘zidan-o‘zi asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin" degan gaplarini bir necha bor rad etishgan.

"Biz qachon ushbu virusdan xalos bo‘lamiz, u albatta o‘tib ketadi va bu odamlar o‘ylagandan ham ko‘ra tezroq sodir bo‘ladi, vaksinalarsiz sodir bo‘ladi. Bu ro‘y bermoqda ham", - dedi Tramp Shimoliy Karolinada o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishi paytida. U AQShda koronavirus vaksinasi sinovning so‘nggi bosqichi davom etayotganini eslatdi va "u yil oxirigacha yoki undan oldin ham paydo bo‘lishi mumkin", dedi. "Biz virusni birgalikda yengamiz", - dedi Amerika prezidenti.

Djons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5,7 milliondan oshdi, 177 ming AQSh aholisi vafot etdi. AQShda bir nechta kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish ustida ishlamoqdalar, hozirda yangi vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida. Avvalroq, Tramp ma’muriyati vaksina yil oxirigacha paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

11 avgust kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Ilmiy tadqiqot markazi, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda dunyoda birinchi ishlab chiqilgan yangi koronavirus infeksiyasini (COVID-19) oldini oladigan “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) o‘z hamkorlari bilan birgalikda Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarish uchun 4 milliard rubl miqdorida sarmoya kiritdilar.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf portalida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0