Video

ArMI – 2020: Bugun Alabinoda Oʻzbekiston tankchilari musobaqaga kirishadi

Bugun, ArMI – 2020 xalqaro armiya oʻyinlariga doirasida Moskva viloyatidagi Alabino tank poligonida musobaqalarning navbatdagi kuni boʻlib oʻtadi.

Bugun "ArMI-2020" xalqaro harbiy oʻyinlarining eng qiziqarli va yorqin musobaqasi boʻlgan Tank biatlonining ikkinchi kuni. Unda Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston jamoalari ishtirok etadi.

Ayni damda Qirgʻiziston va Rossiya jamoalari chiqishi boʻlib oʻtdi. Qirgʻiziston 3ta nishondan 1tasini urdi. Rossiya jamoasi esa 3ta nishondan 3tasini yoʻq qildi.Qozogʻiston jamoasi esa 3ta nishondan 2tasini yakson qildi. Qoʻshimcha snaryad yuklangandan keyin esa 3chi nishon ham yoʻq qilindi.  

Armi-2020: Jerebyevka voyenno-sanitarnыx slujb v poligone Forij - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ArMI – 2020 kundaligi: Oʻzbekiston tankchilari Alabino poligonida

Oʻzbekiston jamoasi birinchi nishonni yakson qildi. Ikkinchi nishon 1700 metr masofada - tegmadi, snaryad yetib bormadi. Demak 1 daqiqa qoʻshimcha vaqt beriladi. Uchinchi snaryad ham tegmadi. Demak Oʻzbekiston jamoasi yana 500 metr jarima masofasini bosib oʻtishi kerak boʻladi. Oʻzbekiston jamoasining yetakchisi 29 yoshli Hoshimov Muxriddin. 

Granatamyotchini imitatsiya qiluvchi ikkinchi nishon pulemyotdan yakson qilinishi kerak. Lekin Oʻzbekiston jamoasi afsuski bu nishonni ham yoʻq qila olmadi va yana bir 500 metrli jarima masofasini bosib oʻtishga majbur boʻladi. 

Har bir mamlakatdan 3tadan jami 3tadan tank ekipaji ishtirok etadi. Bugun Oʻzbekistonning birinchi ekipaji 4 oʻrinni egalladi. Shunday qilib bugungi kun ekipajlar quyidagi vaqtlarga erishishdi:  

  • Rossiya 17:50 
  • Qozogʻiston - 23:15 
  • Qirgʻiziston - 27:04
  • Oʻzbekiston - 28:43 

Oʻzbekiston jamoasini qoʻllab quvvatlash uchun koʻplab muxlislar Alabino tribunalarida oʻtirishibdi.   

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tankchilar jamoasi Alabino poligoniga bir necha kun oldin yetib kelgan edi. Ushbu vaqat davomida ular musobaqalarda ishtirok etish uchun berilgan tanklar va qurol aslahalarda mashq qilib, ularni meʼyor darajasiga keltirishgan. 

Oʻtgan yilgi ArMI-2019 oʻyinlarida Oʻzbekiston tank jamoasining ilk ishtiroki boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda yangi jamoalar ishtirok etayotgan 2-divizionda Oʻzbekiston 1 oʻrinni egallagan edi. Bu yilgi musobaqalarda esa Oʻzbekiston eng kuchli jamoalar orasida ishtirok etmoqda. 

Maʼlumot uchun Qozogʻiston va Qirgʻiziston jamoalari 2013 va 2015 yillardan buyon ushbu musobaqalarda ishtirok etib kelishmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala