BAAning Jetex kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirish taraddudida

© JetexAviakompaniya Jetex
Aviakompaniya Jetex - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya vakillari yo‘lovchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishini alohida qayd etib o‘tgan.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Birlashgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Transport vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Nachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

Muloqotda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, Jetex kompaniyasi mazkur loyiha doirasida o‘z mablag‘lari hisobidan Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lovchilar va biznes aviatsiyaga xizmat ko‘rsatuvchi yangi maxsus terminal va angar qurishni rejalashtirmoqda.

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston toifalarga ajratilgan avia-reyslar ro‘yxatini tasdiqladi

Kompaniya vakillari yo‘lovchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishini alohida qayd etib o‘tgan.

Jetex kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmani o‘z ichiga olgan global tarmoqqa ega. Shuningdek, Jetex Yaqin Sharq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri hisoblanadi.

FBO (Fixed Base Operator) — aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0