Farzandingizni maktabga yuborasizmi? XTV so‘rovda qatnashishga chorlamoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov
Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugungi sharoitda farzandlarimiz ta’limida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday bo‘shliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur", - deyiladi murojaatda.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yili oldidan ota-onalarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

Vazirlik ta’kidiga ko‘ra, har bir ota-ona o‘z sharoitidan kelib chiqib, farzandini an’anaviy ravishda maktabga yuborishi yoki uyda qolib onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak.

Ota-onalarning fikrini bilish va undan kelib chiqib, ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2020/2021 o‘quv yilini boshlash borasida maktablarda so‘rovnoma tashkil etildi.

XTV ota-onalardan mazkur jarayonda faol qatnashib, o‘z fikrlarini bildirish va muhim qarorni qabul qilishda ishtirok etishni so‘ramoqda.

Perviy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharifxo‘jayev rus tili, onlayn-darslar va yangi o‘quv yili haqida

"...butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi ta’lim tizimi va uning barcha ishtirokchilari oldiga bir qator sinovlarni qo‘ymoqda. Mana 5 oydirki, bolalar maktablarga bora olmasdan, o‘z tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan uzilgan. Afsuski, bugungi sharoitda farzandlarimiz ta’limida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday bo‘shliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining fikricha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ikki yilgacha davom etish xavfi bor, shuning uchun maktablar faoliyatini qayta tiklashga oid qaror o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarning sog‘ligini o‘ylagan holda qabul qilinishi lozim.

Unutmang, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi hamda jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun har birimiz birday mas’ulmiz", - deyilgan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0