Kelgusi yildan 37ta litsenziya bekor qilinadi - prezident farmoni

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ortiqcha burokratik to‘siqlarni bartaraf etish, zamon talablariga mos kelmaydigan talablarni olib tashash maqsadida prezident ko‘plab litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qiladigan farmonni imzoladi.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. 2021-yilning birinchi yanvaridan boshlab bir necha o‘nlab litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi, qolganlarini olish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 24-avgust kuni imzolangan "Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida aytib o‘tilgan. 

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1-yanvardan boshlab:

  • 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
  • 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;
  • 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi;
  • 14 ta turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;
  • 115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi.

Undan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

  1. turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi.
  2. kredit burolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi bekor qilinadi.
  3. Aptekalarning har bir filiali uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
  4. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi bekor qilinadi.
Prezident yangi farmoninning maqsadi - respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha burokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirishdir. 

Farmonning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0