O‘zbek tankchilari “Tank biatloni” musobaqasini qanday boshlashdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie tankisti ispitali tanki pered sorevnovaniyem
Uzbekskie tankisti ispitali tanki pered sorevnovaniyem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tank biatloni”ning birinchi divizioni ikkinchi bosqichda - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tankchilari ishtirok etdi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi “Alabino” harbiy poligonida “Tank biatloni”ning birinchi divizioni ikkinchi bosqich o‘tkazildi. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston - to‘rtta ekipaj startga chiqdi.

Musobaqa mezbonlari masofani 18 daqiqadan kam vaqtda bosib o‘tib, poyga g‘oliblariga aylanishdi. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik jamoa egalladi. Ular masofani bosib o‘tish va otish bo‘yicha 23 daqiqadan ko‘proq vaqt sarfladi. Qirg‘iziston ekipaji 27.04 natijalari bilan uchinchi o‘rinda, O‘zbekiston jamoasi 28.43 daqiqalik vaqt bilan yakunladi.

O‘zbekiston tankchilari 5 ta nishondan 2 tasini yakson qildi. Otishma va jarima masofani o‘tish uchun vaqt yo‘qotdi.

Respublika tankchilari ishtirokidagi navbatdagi poygalar 26 va 27-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0