O‘zbekistonda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi

© Press-slujba UzAuto MotorsUzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax
UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 7 oyda sal kam 45 ming dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi - Davlat statistika qo‘mitasi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 7 oyda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi.

O‘zbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149,7 % o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi.

Iyul oyida 7219 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 338 taga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona “Cobalt” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona “Nexia T-250” (96,6 %), 30 368 dona “Lacetti-Gentra” (124,5 %), 30 889 dona “Damas” (111,7 %), 16 370 dona “Spark” (138,9 %) hamda 4 520 dona “Labo“ (101,9 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0