O‘zbekistonda koronavirus: 25-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii podpisivayet test na COVID-19
Sotrudnik laboratorii podpisivayet test na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 293 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 641 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Devushka yedet na velosipede po Krimskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yo‘lini aytdi

Bir sutka davomida 293 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 641  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida (ulardan 110 nafari xorijdan kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilganlar orasidan), 7 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 318 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 35 869 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 488 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol, Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. (erkak) hamda Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 284 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Germaniya shifokorlari Buxoroda

Germaniyalik shifokorlar koronavirus infeksiyasini yengishda o‘zbekistonlik hamkasblariga yordam berish uchun Buxoroga kelishdi.

Kelayotgan shifokorlar orasida - Germaniyadagi Robert Koks instituti mutaxassislari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy burosi vakillari va Dusseldorf va Frankfurt-Maindagi universitet kasalxonalari xodimlari bor. Buxoroda shifokorlar koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashda bevosita ishtirok etadi.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

Koronavirusga qarshi emlash dasturi

Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha “COVAX” xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shildi.

JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

JSST va uning Yevropa mintaqaviy burosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 23,6 milliondan oshdi, 813 ming kishi vafot etdi, 15,3 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,7 mln), Braziliyada (3,6 mln), Hindistonda (3,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0