O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab maktablar ochiladi. XTV gibrid ssenariyni tanlagan: bunda istagan ota-ona o‘z farzandini o‘qishga yuborishi mumkin. Yangi o‘quv yilida yana qanday yangiliklar kutilmoqda va ota-onalar nimalarga tayyor turishlari kerak - Sputnik obzorida

TOShKENT, 25 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda va tabiiyki, farzandlari maktabga boradigan ota-onalarni "Maktab qachon va qay tartibda ochiladi?" degan va shu turdagi savollar qiynamoqda.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

Aynan shu masalaga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda, yangi o‘quv yilidagi asosiy o‘zgarishlar haqida gapirdi va ota-onalarga muhim eslatma bilan murojaat qildi.

Gibrid-ssenariy: maqsad, odamlarni rozi qilish

Vazir ta’kidiga ko‘ra, gibrid ssenariyning asosiy maqsadlaridan biri - ota-onalar fikrini e’tiborga olgan holda, ular istagan asosda ta’limni yo‘lga qo‘yish.

Deylik, pandemiya davrida maktablarda davomat so‘ralmaydi. Ota-ona (uydagi sharoitidan, holatidan kelib chiqqan holda) istasa, o‘z farzandini an’anaviy tarzda bilim olishi uchun maktabga yuborishi mumkin. Koronavirus xavfidan cho‘chiydigan ota-onalar esa o‘z farzandiga xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan tele-darslar orqali ta’lim olishda yordam berishlari mumkin.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

"Butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi ta’lim tizimi va uning barcha ishtirokchilari oldiga bir qator sinovlarni qo‘ymoqda. Mana 5 oydirki, bolalar maktablarga bora olmasdan, o‘z tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan uzilgan. Afsuski, bugungi sharoitda farzandlarimiz ta’limida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday bo‘shliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur", - deydi Shermatov nega maktablarni ochish qarori qabul qilingani haqida to‘xtalar ekan.

Aytgancha, Xalq ta’limi vazirligi avgust oyining boshida telegram kanallarda ota-onalar fikrini o‘rganish uchun "Farzandingizni maktabga yuborasizmi?" mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgan va unda ovoz bergan respondentlarning 70%i farzandini onlayn o‘qitish tarafdori ekanliklarini bildirganlar.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Farzandingizni maktabga yuborasizmi? XTV so‘rovda qatnashishga chorlamoqda

Shermatov fikricha, ota-onalarning bunday javob berishlariga o‘sha vaqtda koronavirus bilan bemorlanganlarning ko‘payishi va ijtimoiy tarmoqda "koronavirusdan o‘ldi, virus bilan kasallandi" qabilidagi xabarlarning ko‘payib ketgani ham rol o‘ynagan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Maktabdagi sanitariya talablari: maskada kelish shart

Yangi o‘quv yilida pandemiya tufayli maktabga kelib-ketish sharoitlari bir muncha o‘zgaradi. Cheklovlar kiritiladi.

Misol uchun, maktabga keladigan har bir o‘quvchining temperaturasi o‘lchanadi, turli sinf o‘quvchilari uchun maktabga kelish vaqtlarini har xil qilish rejalashtirilmoqda.

Provedenie dezinfeksii v obshestvennom transporte v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Dezinfeksiya ishlari qanday olib borilmoqda - hisobot

Maktabning barcha o‘quvchilari uchun umumiy bo‘lgan talab - bu bolalarning bino ichida harakati cheklanishidir. Ya’ni o‘qish bitta sinf - bitta o‘qituvchi tamoyili asosida o‘tadi (maktabga keladigan o‘quvchilar darslarni boshqa sinfga ko‘chmasdan bitta sinfda o‘qishadi). Sinfxonalari va boshqa sathlar (partalar usti, stol-stullar) va o‘quvchi qo‘li tegishi mumkin bo‘lgan joylar kun davomida bir necha marotaba dezinfeksiya qilinadi. Sinf xonalari muntazam shamollatiladi.

Maktablarga issiq o‘lchaydigan uskuna - pirometrlar va antiseptiklar markazlashgan holatda beriladi.

Maktab o‘quvchisining niqob taqishi - majburiy bo‘ladi. O‘quvchilarni antiseptik hamda niqoblar bilan ta’minlash - ota-onalar zimmasiga yuklatiladi.

Tavsiyalar har bir maktabga tarqatiladi, deya aniqlik kiritdi Shermatov.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qanday fikrda?

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi vaqtida umumta’lim maktablarida va maxsus maktab-internatlar faoliyatini tashkil qilish, o‘qish jarayonini boshlashga doir meyoriy hujjat ishlab chiqdi, deydi SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktor o‘rinbosari Bahrom Almatov. 

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Farzandingizni maktabga yuborasizmi? XTV so‘rovda qatnashishga chorlamoqda

Ta’kidlanishicha, hujjat hozirda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim qilingan.

SSV talabiga ko‘ra, maktablar har bir sinfxonalarda qo‘l yuqish, shamollatish imkoniyatlarini yaratishi kerak, shuningdek, maktabga kirish joyida, sinfxonalarning ichida qo‘llarni dezinfeksiyalash uchun maxsus antiseptik vositalar o‘rnatilishi shart. Maktabga kelayotgan har bir o‘quvchi maskada bo‘lishi kerak va maska har uch soatda almashtirilishi lozim. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalq ta’limi vazirligiga maktablarda mashg‘ulotlar davomiyligini maksimal qisqartirishni - bir dars davomiyligini 30 daqiqagacha qisqartirishni, mashg‘ulotlar vaqtini esa 8.30dan 15.30ga qadar etib rejalashtirishni taklif etgan, ammo XTV darslarning 30 daqiqaga qisqartirilishi taklifini maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, pandemiya vaqtida, maktablarda ommaviy tadbirlar, yig‘ilishlar, konsertlar, musobaqalar yoki boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish mumkin emas, oshxona va bufetlar faoliyat yuritmaydi, umuman, maktablarga begona shaxslar kelishi oldi olinadi.

Na avtostoyanke radom s Alayskim rinkom v Tashkente sozdayutsya mobilnie sentri dlya testirovaniya jiteley na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
“Oloy” bozori yonida koronavirusga test topshirish punkti qurilmoqda

Almatovning ta’kidiga ko‘ra, agar O‘zbekiston maktablaridagi sinfxonalarda uchtadan ortiq bolalarda bir vaqtning o‘zida kasallik aniqlansa, ushbu sinfxonasini karantinga yopishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda kasal aniqlangan sinfning o‘qish shakli an’anaviydan onlayn shaklga o‘tkaziladi.

O‘qituvchilarning hammasi koronavirusga test topshiradi

XTV rahbari Sherzod Shermatovning aytishicha, respublika miqyosida o‘qituvchilarni testdan o‘tkazish masalasida Respublika komissiyasi rahbariyati tomonidan SESga vazifa yuklatilgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar maktablarda dars berishni boshlashdan oldin va keyinchalik ham ma’lum intervalda test topshiradilar. 

...maktab formasi haqida eslatma!

XTV rahbari maktab formasi masalasida to‘xtalar ekan, hozirgi pandemiya sharoitida hech narsa qat’iy talab qilinmayotganiga e’tibor qaratdi. Maktablarning o‘z tartiblari bor, ota-onalar o‘sha tartiblarga rioya etishlari lozim, dedi u.

Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

"Xabaringiz bor, majburiy formani joriy qilish haqidagi qaror ortga surilgan. Lekin maktablarning o‘ziga xos talablari bor bu masalada, o‘sha talablarga amal qilish kerak. Lekin ota-onalar shuni bilishlari shart-ki, davlat maktablarining birortasi hozirgi vaqtda mana shu sexdan mana shu formani olasan, deya majbur qilolmaydi", - deya tushuntirdi XTV rahbari.

Vazir, shuningdek, o‘z intervyusi davomida bir necha bor ota-onalarga muhim iltimos bilan murojaat qildi: ota-onalar o‘quv yili boshlanarkin, maktab boshlanarkin, degan fikrda bozorlarga farzandlari bilan borishdan imkon qadar saqlanishlari kerak.

"Karantin choralari yumshadi, degani, karantin tugadi, virus ketdi degani emas. Maktab bozori, deb hamma bozorga chiqib, yana farzandini ham yoniga olib, virusni bir-biriga yuqtiradigan bo‘lsa, oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Viloyat hokimliklariga topshiriq berilgan, kerak bo‘lsa, oktabr oyiga qadar maktab-yarmarkalari ishlaydi. Shuning uchun, faqat zarurat bo‘lsa, bozorga chiqing. Shunda ham ijtimoiy masofani saqlash yodingizda bo‘lsin!", - deya eslatadi Sherzod Shermatov.

Yangiliklar lentasi
0