Rossiya delegatsiyasi xotiralar avvaylab saqlanayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRukovoditel rossiyskoy delegatsii, polkovnik meditsinskoy slujbi Vladimir Lyutov
Rukovoditel rossiyskoy delegatsii, polkovnik meditsinskoy slujbi Vladimir Lyutov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urush yillarida Samarqandga ko‘chirilgan Leningrad harbiy-tibbiy akademiyasi haqidagi xotiralar haligacha saqlanib qolgani Rossiya delegatsiyasida taasurot qoldirdi.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. "Forish" poligonida ArMI – xalqaro harbiy o‘yinlari doirasida harbiy-tibbiyot estafetasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya delegatsiyasi rahbari, tibiyot xizmati polkovnigi Vladimir Lyutov O‘zbekistonlik hamkasabalariga iliq qabul hamda Samarqandga bo‘lgan tarixiy ekskursiya uchun minnatdorlik bildirdi.

Rossiyalik harbiy shifokorlar “Forish” poligonida 2-marotaba bo‘lib o‘tayotgan musobaqalar yuqori darajada o‘tkazilayotganini qayd etishdi.

“Rossiya Federatsiyasi nomidan tashkiliy masalalar bo‘yicha hech qanday savollar yo‘q, faqat minnatdorlik so‘zlarini aytishimiz mumkin. Hammasi yuqori darjada tayyorlangan”, - dedi Vladimir Lyutov.

Shuningdek delegatsiya rahbari musobaqalar oldidan qadimiy Samarqandga uyushtirilgan ekskursiya uchun ham alohida minnatdorlik bildirdi.

“Biz o‘zimiz uchun juda qadrli (avliyo) bo‘lgan joyga tashrif buyurdik – bu binoga Ulug‘ Vatan urushi yillarida 1941-yildan 1944-yilga qadar blokadada bo‘lgan Leningraddan bizning Harbiy-tibbiy akademiyamiz ko‘chirilgan edi. Mahalliy aholi evakuatsiya qilinganlar bilan o‘zlarining so‘nggi bo‘lak nonlari, kiyimlari va barcha kerakli narsalari bilan bo‘lishishgan. Samarqand harbiy gospitali xodimlari ham akademiyaning ushbu og‘ir yillari haqidagi xotiralarini avvaylab saqlab kelayotgan ekanlar. Binoda hali ham xotira taxtachasi saqlanib qolgan. Bunday tashriflar doimiy takrorlanib turadi degan umiddaman, axir bu bizning tariximizning umumiy bo‘lagi-ku”, - dedi Lyutov.

Rossiya jamoasi rahbari aytishiga qaraganda, barja jamoalar puxta tayyorgarlik ko‘rishgan va g‘alabaga erishishga qat’iy qaror qilishgan. Demak har bir jamoa g‘alabaga erishish imkoni bor. “Biz ham sovrinli o‘rinni egallaymiz degan umiddaman”, dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari.

Lyutovning so‘zlarini batafsil audiopodkastimizda tinglang.

Vladimir Lyutov ob organizatsii ArMI v Uzbekistane: spasibo za unikalnuyu ekskursiyu
Yangiliklar lentasi
0