Jamiyat

Soʻxdagi ommaviy tartibsizliklardan soʻng 6 kishi qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
May oxirida “Chashma” bulogʻi boʻyida Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar roʻy bergan.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Joriy yil 31 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Soʻx tumani, Chashma qishlogʻining Qirgʻiziston Respublikasi, Batken oblasti, Kadamjay rayoni, Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulogʻi boʻyida Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar roʻy bergan.

Abdulla Aripov v Suxe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Soʻx aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni soʻradi ?

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida Soʻx tumani Chashma qishlogʻiga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik koʻrsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

Mazkur holat boʻyicha 01.06.2020 yilda Fargʻona viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala