Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Toshkentda 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

© XSSkoraya pomoщ
Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq issiq suv quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etdi – Bosh prokuratura.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq issiq suv quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand 1-sonli tugʻruq majmuasi bosh vrachi vafot etdi

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etganligi haqida xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani, Oqtepa mavzesi, 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan.

2020 yil 20 avgust kuni 2012 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizaloq ushbu quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.  

Holat yuzasidan 22 avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.    

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala