Hodisalar

Janubiy Sudandagi samolyot kulashida ikki tojikistonlik uchuvchi halok boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishVoyenno-transportnыy samolet An-26
Voyenno-transportnыy samolet An-26 - Sputnik Oʻzbekiston
Djubadan Vau va Aveyl shaharlari tomon yoʻl olgan. Uning qulashida jami 17 kishi halok boʻlgan, 2 kishi ekipaj aʼzolari.

TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. Janubiy Sudanda South West Aviation kompaniyasining An-26 yuk samolyotining qulashi oqibatida ikki tojikistonlik uchuvchi halok boʻldi. Samolyot 22 avgust kuni ushbu ushbu mamlakat poytahti Djuba shahri aeroportidan koʻtarilganidan bir necha daqiqadan soʻng quladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston qoʻshni Respublika TIViga asosan.

"Samolyot kulashida ikki tojikistonlik uchuvchi Qodirov Parviz va Miraxmedov Mirsulton halok boʻldi", deyilgan rasmiy xabarda. 

"Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, Parviz Qodirov bir hafta oldin Sudanga ishlash uchun joʻnab ketgan. U ikkinchi pilot edi. Uning akasi Xurshed bizga ukasining jasadini qaytarib kelish iltimosi bilan murojaat qildi", - deyishdi idorada.

Shuningdek, vazirlikda qayd etilishicha, yana bir uchuvchi Mirsulton Mirahmedov Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan. Tojikiston TIVning boshqa tafsilotlari hozircha nomaʼlum.

MiG-31 poterpel krusheniye pod Karagandoy - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qozogʻistonda harbiy samolyot dalaga qulashi aks etgan video

OAV maʼlumotlariga koʻra samolyot Djubadan Vau va Aveyl shaharlari tomon yoʻl olgan. Uning qulashida jami 17 kishi halok boʻlgan, 2 kishi ekipaj aʼzolari.

Qulash sodir boʻlgan joy turar-joylar yaqinida joylashgan, shuning uchun tez orada halokatga uchragan samolyot atrofida koʻplab mahalliy aholi paydo boʻldi.

Ular yonayotgan samolyot atrofiga tarqalgan pullarni yigʻishga kirishdilar - maʼlum boʻlishicha, samolyot mototsikllar, ehtiyot qismlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari yirik korxona ishchilariga maosh toʻlashga moʻljallangan katta miqdordagi mablagʻlarni olib ketayotgan boʻlgan.

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, bu ajiotaj qutqaruvchilarning shundoq ham oson boʻlmagan ishini qiyinlashtirgan. Bundan tashqari An-26 qulagan joyga ogʻir texnikalarni yetkazib borishning iloji boʻlmadi - bunga samolyot qulagan botqoqli hudud toʻsqinlik qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala