O‘zbekiston maktablarida o‘qish boshlanishining taxminiy sanasi aytildi

© Sputnik / Irina AdamovaDeti po doroge v shkolu
Deti po doroge v shkolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini o‘rganib chiqish rejalashtirilgan

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov  bu yilgi o‘quv yilini 14-sentabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritilgani haqida ma’lum qildi.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

"Xabaringiz bor, biz 3 ta ssenariy bo‘yicha ishlayotgan edik: 1) an’anaviy maktabni ochish, 2) onlayn maktab orqali o‘qitish va 3) aralash (gibrid) ssenariy – ham an’anaviy ham onlayn. Telegram orqali deyarli 1 mln. foydalanuvchi qatnashgan so‘rovnomada 70% ota-ona bola sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib, uyda o‘zi onlayn o‘qitishi mumkinligi, 30% esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini bildirgan.

Shuning uchun, aholini ko‘proq qatlamini rozi qilishni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, ya’ni ota-onalarning o‘zlariga tanlash huquqini berish eng optimal variant bo‘lib turibdi.

Bir tomondan, internetda ba’zi davlatlarda maktablar ochilib, kasallik ko‘payishi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar o‘zi kuchli kasallanmasada, kattalarga qaraganda kuchliroq virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayapti.

Perviy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharifxo‘jayev rus tili, onlayn-darslar va yangi o‘quv yili haqida

Ikkinchi tomondan, bu virusdan yaqin orada qutilmasligimizni, vaksina ishlab chiqilgan taqdirda ham uni barcha havfsizlik sinovlaridan o‘tkazishga va ishlab chiqarib bizga yetib kelishiga ancha vaqt ketishi ham aniq. Shunga, ushbu vaqt davrida farzandlarimiz bilim olishdan orqada qolib ketmasliklari zarur.

Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi o‘quv yilini 14-sentabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi", - deb xabar qilgan o‘zining rasmiy sahifasida Shermatov.

Shkolniy dnevnik - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yilidan maktablar qog‘oz kundalikdan voz kechadi

Shuningdek, bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini o‘rganib chiqish ham rejalashtirilgan. Maktabga o‘quvchilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi o‘lchanishi, barcha darslar bir sinf xonasida o‘tilishi, tanaffusda sinf havosi shamollatilishi, o‘quvchilarga ijtimoiy masofani saqlashni tushuntirish kabi qator talablar ishlab chiqilib, joylardagi barcha maktablarda ijrosini ta’minlanish choralari ko‘rilish kerak bo‘ladi.

Shu sababli, vazir ta’kidiga ko‘ra, bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

"Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, ushbu so‘rovnomada faol qatnashing! Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aynan sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib o‘qiydimi yoki uydan onlayn o‘qiydimi degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu so‘rovnomalar barcha maktablar kesimida aniq, obyektiv holat bo‘yicha ma’lumotni yig‘ishga imkon beradi", - degan vazir o‘z murojaati yakunida.

Yangiliklar lentasi
0