"Bitta rol bilan o‘ziga haykal qo‘ya oldi": o‘zbek san’atkorlari "Sotti" haqida

© Youtube / Kadr iz videoDilbar Ikramova
Dilbar Ikramova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida koronavirus-pnevmoniyasi tufayli olamdan o‘tdi. O‘zbek san’atkorlari marhum aktrisa bilan bog‘liq eng yorqin xotiralarni yodga oldilar

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Bir oy davomida dard bilan olishgan O‘zbekiston xalqining sevimli aktrisasi 25-avgust kuni olamdan o‘tdi. Dilbar Ikromova "Kelinlar qo‘zg‘oloni" filmidagi Sotti obrazidan so‘ng milliy qahramonga aylangan edi.

Abduraim Abduvaxobov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kino san’atida og‘ir judolik: "Shum bola" olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov Dilbar Ikromova haqida xotirlar ekan, "Ustoz Shukur Burxonov singari juda katta yurak sohibasi edi. Yurakni ishlatmasdan, kinoda ham, teatrda ham o‘ynamas edi. Ammo hayotda ko‘p holatda g‘amgin yurardi", deydi.

Aktrisa xalq artisti unvonini olgani bilan doim g‘amgin yurgan. "Hol so‘rasam, "Qo‘yavering Erkin aka, tashvishim ko‘p", deb qo‘ya qolardi. Dilbar Ikromova teatrimizda, umuman san’at dargohida beqiyos betakror san’atkor edi, buni hech kim inkor etolmaydi. Undagi yurak boshqa aktrisalarda yo‘q. Dilbar  Ikromovani o‘ziga yarasha juda katta mahobatli san’ati bor edi.  U bilan ellik yildan beri bir sahnadamiz. Afsus, hech kim kutmagan o‘lim Dilbarni rixlatga olib ketdi. Uni mana shu qisqa vaqt ichida teatr va kinoda betakror obrazlar yaratib, xalq tili va dilidan joy ola bilgan aktrisalardan biri bo‘ldi. Hayotni qarang...  aylanib ketay Dilbarim..." (og‘ir xo‘rsinadilar).

Svecha  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan taniqli aktor olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya To‘xtayeva Dilbar Ikromova bilan oxirgi marobata qish faslida, "Sizsiz o‘tmas kunlarim" nomli serial syomkasida  uchrashganini xotirladi.

"Oxirgi paytlarda juda ham ruhan cho‘kkan edilar. Dilbar opa juda katta yurak va iste’dod sohibi edi. Sahnada o‘z ishiga professional yondashar, har bir  vazifani sidqidildan bajarar edi. Yoshlarga hamisha yuragini ochib muloqotda bo‘lib keldi. Yuragi tubida esa dardlari, armonlari ko‘p edi.  Dilbar Ikromovaning vafoti nafaqat yelkama- yelka ishlab kelgan artistlar, balki teatr va xalq uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, deb o‘ylayman.  Hali oldinda qiladigan ko‘p ishlari bor edi, 85 yoshlarda ham ko‘plab "momo"larni o‘ynashi mumkin edi...  afsus, ruhan cho‘kishlar u kishini toliqtirdi", - deydi aktrisa.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qurbonlari, ikkinchi to‘lqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov Dilbar Ikromova bilan Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston Davlat madaniyat va san’at instituti) da birga o‘qigan ekan.

"Bunday fidoyi aktrisalar kamdan-kam tug‘iladi. Qanday rol bo‘lishidan qat’iy nazar borlig‘i bilan uni ochib berishga harakat qilar edi. O‘ylaymanki, yoshlarimiz mana shunday san’atkorlardan o‘rnak olsa arziydi. Teatrga sadoqatli, oilasiga mehribon ona edi. Mayli, shaxsiy hayoti ko‘ngildagidek bo‘lmagandir, ammo faqat mehnat, sabr bilan kechayu-kunduz ishladi. Bugun esa ana shu mehnatlari zoe ketmadi. Uning xotirasi va yaratgan obrazlari bir umrga qalbimizda yashaydi", - dedi Mo‘minov.     

Korona pobeditelnisi konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston
"Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim" - birinchi "Toshkent go‘zali" bilan intervyu

Muhammadali Abduqunduzov ( O‘zbekiston xalq artisti ): Sevimli aktrisamiz — O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafoti o‘zbek kino va teatr san’ati uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi.  Bu kabi fidoiy aktrisalar hayotga kamdan-kam dunyoga keladi. Aktrisa teatrda zarhal xarflar bilan yozsa arziydigan  obrazlar yarata oldi. Uning aktorlik mahorati, sahnada o‘zini tutishi, o‘ziga xos ovozi hech kimni befarq qoldirmagan.  Qolaversa, teatrda sahnalashtirilgan har bir asar qahramoni go‘yo Dilbar opa uchun yozilgandek bo‘lar va uning bu kabi esda qolarli rollari ko‘p edi. 

Ko‘proq yoshlar bilan ishlab, ulardan o‘zini kerakli maslahatlarini ayamadi. Qayerda bo‘lmasin ijodiy uchrashuvlarda birga bo‘lsak, Dilbar Ikromovani butun zal o‘rnidan turib, qarsak bilan kutib olar edi.  sababi u shunga munosib ijod qila olgan, hayotda ham samimiy inson edi. O‘ylaymanki, Dilbar Ikromovaning umri u yaratib qoldirgan obrazlarida mangu yashaydi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida o‘ttiz uch yildan beri ijod qilib kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva o‘ttiz yil davomida Dilbar Ikromova bilan bir xonada pardoz qilgan.

"Birga kiyindik, birga yig‘lab, birgalikda kuldik. Ko‘plab spektakllarda birga ijod qildik. Rolni yurakdan berilib o‘ynar edi.  Hayotda o‘zini chetga tortadigan, haddan ortiq kamtarin va hokisor ayol edi. Sahna bilan hayotdagi Dilbar butunlay boshqa-boshqa insonlar bo‘lar edi. Hamma bilan samimiy do‘stona muomalada bo‘lgani uchun, uni erkalab "Dilichka", deya chaqirar edik. Ba’zan sahna ortida "Men chiroylimasman", deya yengilgina xo‘rsinib qo‘yardi. "Sizni istarangizdek istara hech kimda yo‘q, desam samimiy jilmayib qo‘yar edi. Bir so‘z bilan aytganda Dilbar Ikromova "Kelinlar qo‘zg‘oloni" filmida Sotti teatrda esa "Chimildiq" spektaklidagi momo roli bilan o‘ziga haykal qo‘ya olgan aktrisa bo‘lib qoldi.

Pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Eksklyuziv: Lola Yo‘ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida intervyu berdi

Botir Muhammadjonov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist): deyarli hamma spektakllarda rollarini yordamchi aktorlarsiz o‘ynar edi. To‘g‘ri,  Dilbar Ikromova o‘ynagan rollarni o‘ynaydigan boshqa aktorlar ham bor edi, lekin hech kim uning rolini o‘zi kabi ijro eta olmas edi. Teatr va o‘z ishini sevadigan olijanob aktrisa edi. Yosh aktorlar uchun ko‘p qayg‘urar edi.

Laziz Orziyev nazdida san’atkor Dilbar Ikromova hayotda rahmdil va mehribon, yosh ijodkorlarning g‘amini yeydigan, ulardan maslahatlarini ayamaydigan bag‘rikeng ayol edi. "Birgalikda rol o‘ynasak, ko‘ngliga qattiq tegib qolmasin deya tanqidni ham chiroyli tarzda yetkazishga harakat qilar edi. Sahnada ham hech qachon yolg‘on aralashtirmas, yolg‘on ishlaydigan odamni ham o‘ziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmas edi", - deydi Orziyev.  

Yangiliklar lentasi
0