Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Latviya Minskka atom elektr stantsiyasini ishga tushirishni taqiqladi

© Sputnik / Ulyana Solovyeva / Fotobankka oʻtishNovovoronejskaya AES
Novovoronejskaya AES - Sputnik Oʻzbekiston
Latviya Belarusning hozirgi ichki siyosiy vaziyatida atom elektr stantsiyasini ishga tushirish yadroviy xavfsizlik xavotirlarini kuchaytirishi tufayli sanktsiyalar bilan tahdid qilmoqda.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Latviya, Minsk Ostrovetsdagi Belarus atom elektr stantsiyasini ishga tushirsa, elektr energiyasi bilan savdo qilishni toʻxtatish bilan tahdid qildi, dedi hukumat yigʻilishidan soʻng Bosh vazir Krishyanis Karinsh.

"Ostrovetsda Belarus AES ishga tushirilgan taqdirda, Latviya Belarus bilan elektr energiyasi boʻyicha savdosini toʻxtatadi", - uning soʻzlarini keltiradi RIA Novosti.

Latviya bosh vazirining soʻzlariga koʻra, bunday qaror Belarusning hozirgi ichki siyosiy vaziyatida yadroviy xavfsizlikka oid xavotirlarning kuchayishini hisobga olgan holda qabul qilindi.

Belarus AESning qurilishi Grodno viloyatidagi Ostrovetsda amalga oshirilmoqda. AESga oʻrnatilgan ikkita VVER-1200 reaktorlarining quvvati 2400 MVt.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun RF Minskka shartnomani 90 foizini qoplaydigan kredit ajratdi, yana 10 foizini Belarus tomoni toʻlaydi. Kredit miqdori 10 milliard dollarni tashkil etadi, kredit liniyasi esa 2035 yilgacha ochiq.

Avvalroq Sputnik radiosi Aleksandr Lukashenko RFning BelAES uchun krediti kelishuviga oʻzgartirishlarni maʼqullagani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala