"Og‘ir sinov". Mutaxassis Messining "Barselona"dan ketish qarorini izohladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2018. Match Argentina - Islandiya
Futbol. ChM-2018. Match Argentina - Islandiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Barcyelona" hujumchisi Lionel Messi jamoa rahbariyatiga ushbu yozgi transfer oynasida jamoani tark etish istagini rasman ma’lum qildi.

Futbol bo‘yicha mutaxassis Andrey Malosolov Sputnik radiosi efirida bu qarorga izoh berdi.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati vaqtincha to‘xtatildi

ESPN Futbol Club Argentina nashri ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona" yetakchisi Lionel Messi jamoa rahbariyatiga Kataloniya klubini tark etishini so‘ragan faksini joylashtirdi.

Uning "Barselona" bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi, ammo argentinalik hujumchi shartnomani bekor qilishga imkon beradigan bandidan foydalanmoqchi.

"Men Lionel Andres Messi Kuchchittini, shartnomaning menga bu huquqni beradigan 24-chi bandiga asosan, hurmatli klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida arizamni yubormoqdaman", - deyiladi maktubda.

Messi yaratilgan shart-sharoitlar uchun "Barselona"ga minnatdorchilik bildirdi va "qiyin qaror shaxsiy sabablar bilan bog‘liqligini" ta’kidladi.

"Barselona" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"dan 2: 8 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng, OAVlarida Kataloniya klubining so‘nggi yillardagi ramzi boshqa klubda faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. "Barcyelona" rahbariyati futbolchini tekinga qo‘yib yuborish niyati yo‘q. Ta’kidlanganishicha, klub Messi bilan 700 million yevro evaziga xayrlashadi.

Argentinalik yulduzga asosiy davogarlar orasida "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "PSJ" bor.

Futbol bo‘yicha mutaxassis Andrey Malosolov Sputnik radiosi efirida Messining qarorini izohlab berdi.

Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
"Yashil" hududlarda futbol musobaqalari bo‘lib o‘tadi

"Bu qarorga, ko‘rinishidan, "Barselona"ga yaqinda zarba bergan ancha kuchli inqiroz sabab bo‘lgan. Ushbu inqirozning cho‘qqisi, jamoa sakkizta gol o‘tkazib yuborgan dahshatli mag‘lubiyat bo‘ldi. Ushbu fonda, bilamizki, trenerlar shtabida ham, jamoa kadrlar tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qarashda Messining qarori hissiyotliga o‘xshaydi, u bu jamoada ko‘p yillar davomida o‘ynab kelgan. Ammo aftidan, u o‘zining asosiy raqibi yo‘lidan yurishga qaror qildi. Krishtianu Ronaldu ham mashhurligining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lganida, shuningdek, turli jamoalarga o‘tgan, va hozir ham yangi klub izlamoqda", - dedi Andrey Malosolov.

Uning fikriga ko‘ra, Messining qarori mantiqan to‘g‘ri.

"Messi bilan bog‘liq vaziyatda hammasi mantiqan to‘g‘ri. Ehtimol, futbolda bir joyda qolib ketish juda qiyin sinov. Ma’lum bir o‘zgarishlar, o‘yinchilik faoliyatidagi o‘zgarishlar, soliq va daromadlar qaydnomasidagi o‘zgarishlar ham bo‘lishi kerak. Uni fikrini o‘zgartirishga ishontira olishadimi-yo‘qmi, buni aytish qiyin. O‘ylaymanki, bu yerda asosiy omil bu ish haqi, shuningdek boshqa klublarning jiddiy taklifidir", - dedi futbol mutaxassisi.

Yangiliklar lentasi
0