Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOfitserы uzbekskoy armii
Ofitserы uzbekskoy armii - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi Qonun bilan harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan boʻshatish mezonlari aniq belgilab berildi.

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. 1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi.

Uzbekskiye tankistы ispыtali tanki pered sorevnovaniyem - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbek tankchilari “Tank biatloni” musobaqasini qanday boshlashdi

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, Qurolli Kuchlarda serjant harbiy unvoni oʻrniga quyidagilar joriy etildi:

- III darajali serjant;

- II darajali serjant;

- I darajali serjant.

Qonun bilan serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli boʻlmagan taqdirda, sudning yoki vazirlik va idoralar rahbarlarining qaroriga koʻra mahrum etish mumkinligi belgilandi.

Shu bilan birga, harbiy kiyimda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanishi koʻzda tutildi. (ilgari Mudofaa vazirligi vakolatida boʻlgan)

Shuningdek, Qonun bilan harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan boʻshatish mezonlari aniq belgilab berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala