Rossiyalik shifokor O‘zbekistonda bemorlar qanday davolanayotganini aytib berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrach s patsiyentom v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii
Vrach s patsiyentom v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davolash - individual tartibda: kasallike yengil kechayotgan bemorlarga antibiotik berilmaydi, o‘rta holdagi bemorlarga - 10 kundan so‘ng uyiga javob beriladi, deydi shifokor.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Ma’lumki bir necha kun oldin Rossiyadan O‘zbekistonga 38 nafar shifokorlar hamkasabalariga yordam berish uchun kelishgan edi. Sputnik muxbiri ulardan biri bilan qisqa suhbat qilish imkoniga ega bo‘ldi. 

- Biz Toshkent shahriga 38 kishidan iborat guruh tarkibida 14-avgust kuni yetib keldik, - deydi Kanserov Riat Yuriyevich, Moskva viloyati, Sergiyev-Posad shahri, Markaziy tuman kasalxonasi shifokori. Guruhimiz a’zolari turli hududlardan: Moskva viloyati, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari va Tatariston Respublikasidan. Bizdan 4 kishini Samarqand shahriga yuborishdi, bu yerga 17-avgustda yetib keldik va ikkita shifokorimiz Birinchi kovid markazida, ikkitasi reabilitatsiya kasalxonasida ishlamoqdamiz. Bundan tashqari, biz turli xil tibbiy muassasalarda boshqa bemorlarni ham ko‘rib chiqmoqdamiz.

- bu yerda davolash jarayoni to‘g‘ri tashkillashtirilgan, vrachlar malakali, ular kerakli usul bilan davolashmoqda, albatta, kamchiliklar ham bor, biz hamkasblarimiz, o‘zbekistonlik shifokorlar bilan birgalikda ularni to‘g‘rilayapmiz. O‘ylaymanki, birgalikda biz to‘g‘ri ishni va to‘g‘ri davolanishni tashkil qila olamiz.

- Bemorlarga qanday davolanish buyurilmoqda?

- bu yerda davolanish individualdir. Agar harorat bo‘lmasa yoki u subfimbril bo‘lsa, unda albatta antibiotik terapiyasidan voz kechamiz. Agar yuqori harorat kuzatilsa, bemorning ahvoli yomonlashsa, rentgenogramma pnevmoniyani ko‘rsatsa va biz bakterial pnevmoniyaning qo‘shilganini his qilsak, unda biz antibiotiklar buyuramiz, kasallikning dastlabki soatlarida antivirus dorilarni – arbidol  (arpiflyu) buyuramiz, askorbin kislotasini qo‘shsa bo‘ladi, harorat past bo‘lsa paratsetamol buyuramiz; harorat 38 darajagacha bo‘lsa, tananing o‘zi bu kasallikka qarshi kurashib immunitetni shakllantirishi kerak.

- O‘rtacha og‘irlikdagi bemorlar bu yerda o‘n kungacha qolishadi, keyin bemorlarning holatiga qaraymiz, agar ularning klinikasi sog‘lom deb topsak, ularni kasalxonadan bemalol chiqaramiz, ular uyda bir hafta davomida o‘z-o‘zini yakkalash majburiyatini olishadi, o‘ylaymanki bu muddat kifoya. Albatta, og‘ir shakldagilar bizda biroz qolib ketadilar, og‘ir shakllarda odatda Koviddan tashqari komarbid foni yaxshi bo‘lmaydi, ya’ni ularda yurak xastaliklari, qandli diabet va boshqa patologiyalar ham bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turgan rossiyalik shifokorlar qo‘yidagi muassasalarda faoliyat yuritmoqda: 

  • Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti;
  • Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida;
  • Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida;
  • Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalarda 

Rossiyalik shifokorlar maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda og‘ir bemorlarni konsultatsiya qilish, o‘zaro tajriba almashish bilan shug‘ullanmoqdalar. 

Yangiliklar lentasi
0