Migratsiya

"Tanish-bilish" orqali ishga joylashish koʻp holda aldov bilan tugaydi - Poletayev

© Photo : provided by Dmitriy PoletaevDirektor Tsentra migratsionnыx issledovaniy, veduщiy nauchnыy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev
Direktor Tsentra migratsionnыx issledovaniy, veduщiy nauchnыy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev - Sputnik Oʻzbekiston
"Tanish-bilish" orqali ish qidirish - xavfli boʻlishi mumkin, chunki ish haqini toʻlash boʻyicha aldovlar aynan ana shunday holda ishga joylashishda roʻy beradi, deydi mutaxassis.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Migratsiya tadqiqotlari markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi Xalq hoʻjaligi prognozlash instituti (INP RAN) yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev chet ellik ishchilarni ish bilan taʼminlash jarayonini qanday yaxshilash mumkinligi haqida gapirib berdi.

Ekspertning fikriga koʻra, agar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chet el fuqarolarining qonuniy ishga joylashtirish javobgarligini oʻz zimmasiga olsa, bu barchaga faqat foyda keltiradi.

"Mehnat birjasini yaratish kerak. Markazimizning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, ishga joylashish asosan rasmiy xizmatlardan foydalanmagan holda "tanish-bilishlar"orqali amalga oshmoqda.

Suhbatdosh bunday ish qidirish jarayoni xavfli boʻlishi mumkin deb hisoblaydi, chunki ish haqini toʻlash boʻyicha aldovlar aynan "tanish-bilishlar" orqali ishga joylashishda roʻy beradi. Mutaxassis ushbu tizim uchun elektron mehnat birjasini tizimini yaratishni taklif qilmoqda, bu muhojirga tegishli patentni olishi bilanoq boʻsh ish oʻrinlarini topishga yordam beradi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklarning 600 ming dollar haqlari undirib berildi

Shuningdek u, bu xizmatga uy-joy ijarasi xizmatini ham qoʻshishni tavsiya qiladi, bu yashash joyini topish bilan bogʻliq vaziyatni ancha yengillashtiradi.

"Davlat xizmatlari hamma narsaga: uy-joy bozoriga, tibbiyotga, ish bilan taʼminlashga, rus tilini oʻqitishga koʻproq qoʻshilishi kerak", - deb tushuntiradi Poletayev.

Shuningdek mutaxassis, migrantlar uchun oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishlash imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun rus tili kurslarini ochishni taklif qiladi. Suhbatdosh bu ularning ish bilan taʼminlash koʻlamini kengaytirishga yordam berishiga ishonadi.

Suhbat oxirida ekspert ushbu loyihalar qaysi mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishi mumkinligi tushuntirdi.

"Menimcha, migrantlar aniqlik uchun pul toʻlashga tayyor. Agar ular bu tashabbus haqiqiy va ish berishini koʻrsalar, ular bu uchun pul toʻlashadi", - dedi Poletayev.

Batafsil sharhni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Poletayev: migrantы do six por ustraivayutsya na rabotu cherez "svoix"
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala