Toshkentning uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan. Bektemir tumani hokimi esa prezidentning ushbu tumanga tashrifidan keyin lavozimidan ozod etilgan

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti uchta tumaniga rahbarlar tayinlandi, bu haqda Toshkent hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Korona-strategiya: Toshkent hokimi prezident tanqidiga qanday javob qaytardi?

Jumladan, Sergeli tumaniga Elbek Shukurov hokim etib tayinlandi.

Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2018-2020 yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Toshkent shahrining Bektemir tumaniga Jahongir Ibrohimov hokim etib tayinlandi.

Jahongir Ibrohimov 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uralova Dilfuza naznachena xokimom Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Boyovut tumani hokimi lavozimiga ayol kishi tayinlandi

Yashnobod tumaniga esa Baxtiyor Raxmankulov  hokim etib tayinlandi.

Baxtiyor Raxmankulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008-yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018 yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Mingbuloqning “so‘kong‘ich” hokimi ma’muriy javobgarlikka tortildi

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan. Keyinroq Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi 5ta tuman hokimiga, shu jumladan Hojiakbar Tillashayxovga "pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani” uchun "hayfsan" bergan.

Shuningdek, 21-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanini aylangan. Prezident tashrifi davomida tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etilgan.

Shu bois, tumani hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilingan. Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimidan bo‘shatilgan.

Yangiliklar lentasi
0