Transport vazirligi charter reyslar nega qimmatligini tushintirdi

© Uzbekistan AirportsV Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga
V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik repatriatsiya parvozlarining qimmatligini obyektiv xarajatlar, karantin choralari xarajatlari hamda xususiy aviakompaniyalar narx-navolari bilan izohladi.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi charter reyslarning qimmatligiga izoh berdi. 

Ma’lumki, ayni damda chater parvozlari narxlari quyidagicha:

  • Moskva - Toshkent - 397 $
  • Istanbul-Toshkent - 353-400 $
  • Dubay-Tashkent - 366 $

Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu holat, birinchi navbatda, repatriatsiya charter parvozlarini tashkil qilishdagi obyektiv sabablarga bog‘liq. 

Aksariyat davlatlar hollarda yo‘lovchilarni qabul qilishga tayyor emas, shu sababli samolyotlar faqat bir tomonga yo‘lovchilar bilan uchadi.

Shuningdek, samolyotlar ijara puli, parvozlar masofasi va nechta davlatlar havo kengligi hududidan uchib o‘tishi, aeronavigatsion xizmatlar, aeroport yer usti xizmatlari va yig‘imlari.

Undan tashqari yo‘lovchilarni aeroport hududidan mehmonxonaga yetkazib qo‘yish, karantin qoidalariga rioya etilish nazorati, tibbiy va sanitariya xizmat xarajatlari, PZR testlari va boshqa xarajatlar. 

Ikkinchidan, ayni damda charter parvozlar 20 dan ortiq xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda: Atlanta Air, Asia Lux, Golden Valley, Anzur Travel, Real Avia Business, Don Avia Trans, Jalolkuduk avia trans, Otpusk.uz va boshqalar. 

Transport vazirligi turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter reyslarining chipta narxlarini shakllantirish va belgilash jarayonlarida ishtirok etmaydi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0