O‘zbekistondan yetti nafar kinochilar VGIKda o‘qiydi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevOtkritie skulpturi v pamat o znamenitix vipusknikax VGIKa
Otkritie skulpturi v pamat o znamenitix vipusknikax VGIKa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik abituriyentlarning 5-yillik o‘qishi uchun to‘lovlarni "O‘zbekkino" MA va "Rossotrudnichestva" markazi birgalikda amalga oshiradi.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. VGIK (Umumrossiya davlat kinematografiya instituti) bu yil 7 nafar o‘zbekistonlik kinochilarni tanlov asosida qabul qiladi. Bu haqida "O‘zbekkino" MA bilan imzolangan memorandumda aytib o‘tilgan. 

Shuningdek, "Rossotrudnichestvo", "O‘zbekkino" hamda VGIK orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zekistonlik yoshlarning 5-yillik o‘qish puli birgalikda jamlangan mablag‘lardan to‘lanishi haqida kelishib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshida "O‘zbekkino" milliy agentligida VGIKda o‘qishni istagi bor abituriyentlar orasida onlayn-imtihon bo‘lib o‘tgan edi. Shunindek rejissura, dramaturgiya, kinooperatorlik va produserlik mutaxassisliklari bo‘yicha ijodiy imtihonlar ham topshirilgan edi. 

VGIK, Vserossíyskiy gosudárstvenniy institút kinematográfii ímeni S. A. Gerásimova, - kino, televidenie va teatr sohasida mutaxassislar tayyorlovchi Rossiyaning yetakchi oliygohi hisobladi. Muassasa 1919-yilda tashkil qilingan va ayni damda Rossiya milliy boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan. Oliygohda kino, televidenie, teatr, multiplikayai sohalarida ishlash uchun rejisserlar, aktorlar, dramaturglar, postanovshiklar, ovoz rejisserlari, kostumlar rassomi va boshia mutaxassislar tayyorlaydi. Sovet davrining va hozirgi zamonning aksariyat yetakchi rejisserlari ushbu oliygohni yakunlagan. 

Yangiliklar lentasi
0