Dunyoda

Markaziy Osiyo va Chechenistondan kelganlar Yevropada terroristik tarmoqlarni yaratdilar - BMT

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Jeneva
Goroda mira. Jeneva - Sputnik Oʻzbekiston
BMT Bosh kotibi oʻrinbosarining maʼruzasida turli mamlakatlarda ekstremistik guruhlarning buzgʻunchi faoliyatiga misollar keltirilgan.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Kelib chiqishi Markaziy Osiyo va Chechenistondan boʻlganlar Yevropada terroristik tarmoqlarni yaratdilar. Bu haqda BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining rahbari Vladimir Voronkov BMT Xavfsizlik Kengashi aʼzolariga taqdim etgan hisobotida maʼlum qildi.

Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda “ISHID qassobi” laqabli razvedka boshligʻi oʻldirildi

Uning soʻzlariga koʻra Yevropa mamlakatlarida Markaziy Osiyo va Chechenistondan kelganlarni birlashtiruvchi terroristik tarmoqlar shakllanmoqda. Hujumlar uyushtirish va migrantlar orasida yollash uchun guruh tuzish koʻrsatmasi berilgan bir guruh Tojikiston fuqarolarning hibsga olinishi bunga misoldir. Boshqa bir davlatda terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan bir guruh etnik oʻzbeklar aniqlandi.

"Yevropada asosiy xavf internetda "Islom davlati"* gʻoyalarini targʻib qilish orqali aholining radikallashuvidadir", - deyiladi maʼruzada.

Voronkov aksariyat hukumatlar eʼtibori koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan bir paytda terrorchilar pandemiya keltirib chiqargan noaniqliklardan taktik ustunlik sifatida foydalanishi va jiddiy zarba berishini istisno qilmadi.

* Oʻzbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terroristik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala