Jamiyat

Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi

“Toshkent – Rostov-Don–Toshkent” temir yoʻl reysi bilan 927 nafar fuqaro olib kelindi. Barcha fuqarolar karantin zonaga joylashtirildi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don–Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi. 

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23 avgust kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stantsiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd 27 avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala