Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiFarxod Umarov naznachen i.o. xokima Buxarskoy oblasti
Farxod Umarov naznachen i.o. xokima Buxarskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

"Bugun, 28-avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni o‘qib eshittirildi", - deyilgan xabarda. 

Yig‘ilishda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Viloyat faollari so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0