Jamiyat

Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

© Press-slujba Ministerstva transportaPoyezd iz Rostova pribыl s grajdanami Uzbekistana
Poyezd iz Rostova pribыl s grajdanami Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston transport vazirliklari kelishuviga koʻra, Oʻzbekiston Rossiyadan oʻz fuqarolarini maxsus tashkil qilingan poyezdlar yordamida olib chiqishni boshladi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Oʻzbekiston transport vazirligi xabariga koʻra, Rossiyaning 2ta shahridan Oʻzbekistonga maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelingan.

Xususan, 27 avgust kuni Rostov-na-Donu shahridan 927 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

© Mintransporta UzbekistanaUzbekistan vыvozit svoix grajdan na poyezdax
Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekistan vыvozit svoix grajdan na poyezdax

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishilgan holda “Toshkent – Kinel –Toshkent” yoʻnalishida yana bir maxsus poyezd tashkil qilinib, Samara yaqinidagi Rossiya chegarasida kutib qolgan 918 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi  karantin zonalariga yetkazildi.

© Press-slujba Minstransa UzbekistanaUzbekistantsev vыvezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnыm poyezdom
Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekistantsev vыvezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnыm poyezdom
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala