Samarqand SHHT sammitiga tayyorgarlik koʻrmoqda - BP yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni aniqladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUniversitetskiy prospekt v Samarkande
Universitetskiy prospekt v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokuratura tomonidan Samarqand shahrida navbatdagi sammitni oʻtkazishga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari oʻrganildi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. 2022 yilda Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Ayni paytda SHHT sammitiga tayyorgarlik boʻyicha bir qator obʼyektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Samarqandda SHHT iqtisodiy sammitini oʻtkazishni taklif qildi

Oʻzbekiston prezidentining qarori bilan Samarqand viloyati hokimligi huzurida Obodonlashtirish va farovonlikni oshirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Jamgʻarma hisobidan viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida hududiy infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida suv taʼminoti va kanalizatsiya, ichki yoʻllar, ijtimoiy obʼyektlar kabi 10 ta yoʻnalishda qurilish va taʼmirlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

Qurilishlar oʻrganilganda, jamgʻarma hisobidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilmayotgani aniqlangan.

Jumladan, avtomobil yoʻllariga oid 4 ta, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga oid 8 ta obʼyekt qurilishi noqonuniy ravishda, yaʼni pudratchilarni tender orqali aniqlamasdan, loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan birgalikda olib borilmoqda.

Aeroport Samarkanda prinyal 3 chartera za 1 den - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand aeroporti bir kunda 3ta charter parvozini kutib oldi

Bundan tashqari, viloyatdagi obʼyektlar qurilishida mablagʻdan toʻgʻri foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat hamda qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazorat toʻgʻri tashkil etilmagan. "Bu esa ajratilayotgan pullarning talon-toroj qilinishi, ishlarning sifatsiz bajarilishiga sabab boʻlayapti. Hozir aniqlangan holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov oʻtkazilmoqda", - deyiladi xabarda.

Xususan, Samarqand shahar Afrosiyob koʻchasining 1,9 kilometrlik qismida "F.G." MCHJ ichimlik va oqova suv tarmoqlarini oʻrnatgan, "S.Y." UK koʻchaning ayni shu qismiga asfalt yotqizgan. Biroq 2020 yilning aprel oyiga kelib yoʻlda koʻplab notekisliklar hosil boʻlib, yotqizilgan asfalt yaroqsiz ahvolga tushib qolgan.

Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
MDH, SHHT va KXSHT orasida uch tomonlama hamkorlikning asosi yaratilmoqda

Suv tarmoqlarini tortish hamda asfalt yotqizishning qonuniyligi oʻrganilganda, pudratchilar tender oʻtkazmasdan tanlangani, qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda, ekspertizadan oʻtkazilmasdan turib olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, oqova suv tarmogʻini tortishda qurilish meʼyorlari qoʻpol ravishda buzilgan. Jumladan, 85 mln. soʻm pul qoʻshib yozish orqali talon-toroj qilingan. Bundan tashqari, jamgʻarma hisobidan qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish ishlarini bajarishda jami 7,4 mlrd. soʻm pul talon-toroj qilingani va notoʻgʻri sarflangani aniqlandi.

Qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatildi, deb xabar qilgan Bosh prokuratura.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala