Shavkat Mirziyoyev 113 nafar mahbusni afv etdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Mustaqillik kuni arafasida an’anaga muvofiq 113 nafar ozodlikdan mahrum jetilgan shaxslarga nisbatan amnistiya e’lon qildi.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kunining 29-yilligi arafasida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi.

Xususan, ularning:

  • 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi;
  • 53 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
  • 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
  • 40 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 1 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafarini chet davlat fuqarolari, 105 navfarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Ushbu farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0