Jamiyat

Shodmonov maktablarni koronavirus oʻchogʻiga aylantirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik Oʻzbekiston
Sanitariya xizmati markazlari shu yilning 5 sentyabriga qadar oʻz hududlaridagi oʻquv dargohlarini tayyorgarlik holatini oʻrganishi belgilandi

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov maktablarda 2020-2021 oʻquv yilini tashkil etishda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston maktablarida oʻquv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

Vazir oʻz chiqishida pandemiya sharoitida dolzarb muammolarni sanab, ularning yechimlariga ham toʻxtalib oʻtdi.

Misol uchun, mamlakatdagi mavjud 9942 ta maktabning barchasi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan. Mahalliy hokimliklar tomonidan bu muammo hal etilishi muhimligi taʼkidlandi:

Sanitariya xizmati markazlari shu yilning 5 sentyabriga qadar oʻz hududlaridagi oʻquv dargohlarini tayyorgarlik holatini oʻrganishi, dars jarayonlarida epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash borasida trening va repetitsiyalar oʻtkazishi zarurligi qayd etildi.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Pandemiya davrida maktablarga qoʻyiladigan sanitariya talablari eʼlon qilindi

"480 ming nafardan ortiq oʻqituvchi faoliyat koʻrsatadigan va 6,2 million nafardan oshiq oʻquvchi tahsil oladigan taʼlim muassasalarini epidemik oʻchoqqa aylantirib qoʻyishga haqqimiz yoʻq", - dedi Shodmonov.

Yigʻilishda taʼlim muassasalarining 1 057 tasida tibbiyot xonalari mavjud emasligi, tibbiyot xonalari va izolyatorlarni tashkil etishda mahalliy hokimliklar va xalq taʼlimi mutasaddilariga tibbiyot xodimlari oʻz tavsiyalari va koʻrsatmalari bilan yaqindan yordam berishi aytildi.

Bundan tashqari, maktab oshxonalarining holati, ularning sanitariya talablariga javob berishi zarurligi, sifatiga shubha qilingan ovqatlarni muassasa hududiga kiritish va noqonuniy savdoning oldini olish kerakligi, koʻp maktablarda hojatxonalarning ham gigiyena talablariga javob bermasligi kabi qator muammolarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala