Sinoptiklar O‘zbekistonda kuz qanday boshlanishini aytishdi

© Sputnik / Aleksey Savostin / Mediabankka o‘tishOtdixayushie v usadebnom parke "Suxanovo" v Moskovskoy oblasti.
Otdixayushie v usadebnom parke Suxanovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet xizmati xabariga ko‘ra, umuman olganda bu yil mamlakatda yoz unchalik issiq kechmagan - o‘rtacha harorat meyoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zgidromet xizmati O‘zbekistonda kuz qanday boshlanishi haqida ma’lum qildi.

Snejinka. Krupniy plan - Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar: Moskvada yozda qor yog‘ishi - bu odatiy hol

Ba’zida kuzatilgan jazirama kunlarga qaramay, iyul oyi o‘tgan 2019 va 2018-yil iyullariga qaraganda biroz salqin kelgan. O‘tgan bu yillar meteorologik kuzatuvlar davrida eng issiq yil bo‘lgani qayd etilgan va O‘zbekiston hududida eng issiq yillar beshtaligiga kirgan.

Odatda yoz davrida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kamdan-kam kuzatiladi. Bu yil ham deyarli shunday bo‘ldi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li va tog‘oldi hududlarida mahalliy qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg‘irlar ko‘proq yog‘di.

Avgust oyining oxiriga kelib esa O‘zbekistonda yoz fasli uchun umuman xos bo‘lmagan jarayonlar kuzatildi.

“O‘lim vodiysi”da (Kaliforniya, AQSh) termometr ustunlari +54,4 darajaga ko‘tarildi - Sputnik O‘zbekiston
Tuxum qovurilyapti: “O‘lim vodiysi”da jazirama rekordi yangilandi

26 avgustda respublika bo‘yicha harorat keskin pasayib, momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ib o‘tdi. Ob-havoning bunday o‘zgarishi ayniqsa O‘zbekistonning markaziy tumanlarida avj oldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuchli va davomli bo‘ldi. Toshkentda shu kuni 1 mm oylik normada yoqqan yog‘inlar miqdori 17 mm ni tashkil qildi.

Bu juda kamdan-kam kuzatiladigan hodisa bo‘lsa ham, biroq meteorologik kuzatuvlar tarixida yagona emas. 1954 yilda Toshkentda iyulda 41 mm, 1969-yil iyulida esa 39 mm yomg‘ir yoqqan.

Sentabr - kuzning birinchi oyi. O‘zbekistonda sentabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi.

Gorojane v jarkiy den na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Jazirama O‘zbekistonni koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qutqaradimi - ekspert

Bugun va ertaga O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

31 avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida bo‘ladi, bu meyordan sal past haroratdir.

Sentabrning ilk kunlari ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30-31 avgust va 1-2 sentabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0