Toshkent yerusti halqa metrosi birinchi bosqichi ishga tushdi

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yoʻnalish kuniga 46 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda “Doʻstlik – Qoʻyliq” metro yoʻnalishi qurib bitkazildi

Eslatib oʻtamiz, ulkan loyihani loyihalashtirish 2017 yilda boshlangan edi.

"Doʻstlik-2" bekatidan "Qoʻyliq" bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 kilometr boʻlib, 7 ta bekat barpo etilgan.

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yoʻnalish kuniga 46 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent metrosi uchun yana 10 ta Rossiya poyezdi sotib olinadi

"Qoʻyliq" bekatida keyingi bosqichlar qurilishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod boʻlib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining "Olmazor" bekati bogʻlanadi. Uchinchi boʻlib "Beruniy", undan keyin "Bodomzor" bekatigacha boʻlgan qism quriladi. Soʻnggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana "Doʻstlik" bekatiga ulanadi. Bu yoʻllarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala