O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishLiniya elektroperedach (LEP)
Liniya elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afg‘onistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi o‘rtasida 10-yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afg‘onistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi (DABS) o‘rtasida 10-yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik  O‘zbekiston muxbiri.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ayollar, tinchlik va xavfsizlik: O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hujjat Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xanif Atmar tashrifi doirasida imzolangan.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, Afg‘onistonda energetika, temir yo‘llar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish, Xalqaro avtotransport bo‘yicha bitim loyihasini imzolashga tayyorlash doirasida ekspert muzokaralarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Eron va Afg‘oniston transport sohasida yangi bitim imzolashi kutilmoqda

Ma’lumot uchun, "Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi dastlabki qiymati 150 million dollar bo‘ladi va undan 32 millioni O‘zbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afg‘onistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri O‘zbekiston hududi bo‘ylab, 215  kilometri – Afg‘oniston hududi bo‘ylab o‘tadi.

Loyiha o‘zini qoplash muddati – 12-yil, o‘tkazish quvvati – 1000 MVt. Ya’ni undan qo‘shni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.  

Bugungi kunda Afg‘onistonda elektr energiyasiga juda katta ehtiyoj mavjud, O‘zbekiston bo‘lsa – uning asosiy yetkazib beruvchisidir. Kelajakda yetkazib berilayotgan energiya hajmi oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonga 2002-yildan buyon elektr energiyasi yetkazib beradi. 2002-yilda 62 mln kVt/soat bo‘lsa 2018-yilda yetkazib berilgan energiya hajmi – 2 mlrd. kVt/soatga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0